15:08 / 10.04.2020
2 607

Uralda uch bolali oila koronavirusdan himoyalanish uchun o‘rmonga ko‘chib ketdi

Uralda uch bolali oila koronavirusdan himoyalanish uchun o‘rmonga ko‘chib ketdi
Foto: Rossiya IIV matbuot xizmati
Sverdlovsk viloyatida istiqomat qiluvchi uch farzandli oila koronavirus infeksiyasi yuqishidan qochish ilinjida o‘rmonda yashaydigan bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning mahalliy IIV boshqarmasi xabar berdi.

6 aprel kuni politsiyaga Krasnogvardeysk posyolkasida istiqomat qiluvchi ayol murojaat qilgan. Uning aytishicha, bir sutka oldin akasi xotini va uch nafar farzandi (10, 8 va 4 yoshli) bilan o‘rmonga ketib, aloqaga chiqmagan.

Politsiya zudlik bilan oilani topgan. Oila erkagining ta’kidlashicha, u xotini va farzandlarini koronavirusdan himoyalash maqsadida o‘rmonda yashashga qaror qilgan. IIV matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan suratda oila mushukni ham o‘zi bilan olib ketganini ko‘rish mumkin. Ota-ona mobil telefon va oziq-ovqatlarini o‘zlari bilan olgan va yegulik tugasa, posyolkaga kelib-ketishni rejalashtirgan. Oila shox-shabbalar ustida, ochiq osmon ostida uxlagan.

Oila Krasnogvardeyskka qaytarib olib kelingan. Shifokorlar bolalarning ahvolini qoniqarli deb topgan va ularni Artyomovsk tumanidagi Oilalar va bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborgan. Ota-onaga nisbatan esa voyaga yetmagan bolalarini tarbiyalashda o‘z majburiyatlariga bajarmaganlik moddasi bo‘yicha dalolatnoma tuzilgan.

Avvalroq turkmanistonlik amaldorlar koronavirusdan himoyalanish uchun qo‘riqxonaga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 10 131 nafarga yetgan. Ular mamlakatning 81 ta hududda qayd etilgan. Kasallikdan 700 kishi tuzalgan, 76 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uralda uch bolali oila koronavirusdan himoyalanish uchun o‘rmonga ko‘chib ketdi