2 711
Tramp: Pandemiyaga qarshi kurashning Shvetsiya usuli AQSHda 2 mln o‘limga olib kelar edi
Foto: Gage Skidmore / Flickr.com
Amerika Qo‘shma Shtatlari pandemiyaga qarshi kurashning Shvetsiya modelini tanlaganida koronavirusdan xastalanish orqali hayotdan ko‘z yumganlar soni 2 mln kishiga yetgan bo‘lar edi. Bu mamlakat qat’iy choralar oqibatlaridan o‘z iqtisodiyotini imkon qadar asrashga urinmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda tashkil etilgan jurnalistlar uchun brifingda shunday fikrlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
"Shvetsiya bizdan farq qiladi", - degan u. "Ular boshqa yo‘ldan borishdi. Ular juda intizomli mamlakat ekanligidan boshlay qolaylik", - deya qayd etgan davlat rahbari. "Biz ham shu yo‘ldan borishimiz mumkin edi, shunday qilganimizda, o‘ylashimcha, 2 mln kishi vafot etgan bo‘lardi", - deb bayonot bergan Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya ham dastlab shu yo‘ldan borishga harakat qilgan, biroq bu vaziyatni yanada murakkablashtirgan, mamlakat ko‘p vaqtni boy bergan.
Amerika hukumatining hozirgi choralari tufayli koronavirusdan AQSHda vafot etganlar soni, Tramp fikricha, 55-75 ming kishini tashkil etishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada yangi turdagi koronavirusdan zararlanganlar soni 9 685 kishiga yetgan. Shundan 870 kishi hayotdan ko‘z yumgan. AQSHda, virusni yuqtirganlar soni 486 mingdan oshgan bo‘lsa, 18 mingdan ortiq inson vafot etgan, 27 612 kishi tuzalgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin