
Foto: Reuters/Denis Balibouse
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington keyingi hafta Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini molyalashtirish bo‘yicha bayonot bilan chiqishini e’lon qildi.
“Bizda kelasi hafta JSST bo‘yicha e’lon bo‘ladi”, deb aytgan Tramp matbuot anjumanida.
U AQSH JSST ehtiyojlari uchun yiliga 500 mln dollar ajratishini eslatib o‘tgan.
“Biz keyingi hafta JSSTni moliyalashtirish haqida gaplashamiz. Biz ko‘p narsa aytmoqchimiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Avvalroq AQSH prezidenti JSST koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha muvaffaqiyatsiz qarorlar qabul qilganini va shu sababli uni kelgusida qanday hajmda moliyalashtirishni o‘ylayotganini aytgan.
“JSST AQSHdan katta pul oladi”, deb eslatib o‘tgan Tramp. Uning ta’kidlashicha, JSST virus tarqalishi oldini olish uchun Xitoy bilan chegaralar yopilishiga norozi bo‘lib yanglishgan. “Ular ko‘p masalalar bo‘yicha xato qilishgan, ko‘rinishicha, ular Xitoyni qo‘llab-quvvatlovchi pozitsiyani egallashgan”, deb aytgan AQSH prezidenti.
“Ular o‘z vaqtida bong urishmadi. Ehtimol, ular bir necha oy oldinroq harakatni boshlashlari kerak edi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Shu sababli, AQSH “JSSTga nima uchun pul to‘layotganini” taftish qilmoqchi. Trampning ta’kidlashicha, u JSST faoliyatini moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar