
Foto: «AP Photo»
AQSHda senator Lindsi Grem «Fox News» efirida amerikaliklarning koronavirus infeksiyasi tufayli o‘limi va ishsizligi uchun Xitoy javob berishi kerakligini aytdi.
«Pandemiya Xitoy hukumati va uning xatti-harakati tufayli boshlandi. Bu Xitoydan tarqalgan uchinchi kasallik», — dedi Grem.
Uning ta’kidlashicha, AQSH «Xitoyni o‘z xatti-harakatini o‘zgartirishga majbur qilishi zarur».
«Xitoydan qarzimizning bir qismini hisobdan chiqarishni xohlayman, chunki biz ularga emas, balki ular bizga to‘lashi zarur!» — deydi senator.
Uning fikricha, Xitoyni shunday qattiq jazolash kerakki, bu oxir-oqibat uni kelajakda to‘xtatib tursin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar