
Foto: EPA/UPG
Uhandagi 214 nafar bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rgangan mutaxassislar bemorlarning 36 foizida va og‘ir bemorlarning 46 foizida nevrologik simptomlar bo‘lganini aniqladi.
Xitoyda koronavirusga chalinganlarning bir qismida tayanch-harakatlanishda muammolar va nutq buzilishi kuzatilgan. Bu haqda JAMA Neuology nashrida chop etilgan tadqiqot natijalarida ma’lum qilindi.
Uhandagi 214 nafar bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rgangan mutaxassislar bemorlarning 36 foizida va og‘ir bemorlarning 46 foizida nevrologik simptomlar bo‘lganini aniqladi. Bular orasida miyada qon aylanishining buzilishi, ongning xiralashuvi va mushaklarning zaiflashishi kabi holatlar bor.
Bemorlar shuningdek, ilgariroq ma’lum bo‘lgan harorat ko‘tarilishi, yo‘tal va bosh og‘rishidan shikoyat qilgan.
Avvalroq olimlar koronavirus yuqqanidan so‘ng uning alomatlari nechanchi kuni paydo bo‘lishini hisoblab chiqishgandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni bir yarim million kishidan oshgan, 93 ming kishi vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar