Foto: «Myrepublica.nagariknetwork.com»
Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtati politsiyasi koronavirus tufayli izolyatsiya tartibini buzgan 10 nafar xorijlik sayyohni qog‘ozga 500 marta «kechiring» deb yozishga majbur qilindi, deya xabar berdi «Indian Express» gazetasiga tayanib "Xabar" nashri.
Hindiston koronavirus pandemiyasi tufayli 25 martdan 14 aprelgacha izolyatsiya tartibini joriy etgan. Hukumat mamlakat aholisini jiddiy sababsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirgan, jamoat transporti, taksi, metro va temiryo‘l harakatini cheklagan. Shuningdek, 14 aprelgacha ichki va xalqaro aviareyslar bekor qilingan.
«Xorijlik fuqarolar izolyatsiya tartibini buzishdi. Vaholanki, ogohlantirilib, xonada qolish maslahat berilgandi. Ularning har biriga «Men qoidaga amal qilmadim, kechiring» deb qog‘ozga 500 marta yozish buyurildi», — deydi politsiyachi Vinod Sharma.
Voqea shanba kuni sodir bo‘lgan, lekin ko‘pgina OAV bu haqda dushanba kuni yoza boshladi. Chop etilgan gazetadagi fotosuratlarda Ganga daryosi sohilida o‘tirgan xorijlik sayyohlar politsiya nazorati ostida «uzr»ini yozishyapti. Nashrning ta’kidlashicha, izolyatsiya tartibini bvzuvchilar AQSH, Avstraliya, Meksika va Isroildan kelgan sayyohlar bo‘lgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, ushbu okrugda turli mamlakatlardan kelgan jami 500 nafar sayyoh bor. Politsiya «noxush vaziyatlar»ning oldini olish maqsadida shahardagi barcha mehmonxonalarga xorijlik sayyohlarga hamroh bo‘lishni so‘rab murojaat qilgan. Mazkur ko‘rsatmalarga amal qilmagan mehmonxonalar ishi sudga tortilishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda 9152 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 308 nafari hayotdan ko‘z yumgan. 856 kishi tuzalgan. Yana qariyb 8 ming kishi davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi