Foto: «dailymail.co.uk»
Uxanda koronavirus tarqalishini yoritgan xitoylik xabarchi-jurnalistlar fosh qiluvchi reportajlar chop etilgandan so‘ng yo‘qolib qolishdi, deya xabar berdi «Daily Mail»ga tayanib "Xabar" nashri.
Uch nafar reportyor: Chen Syushi, Fan Bin va Li Szexua to‘lib ketgan shifoxona va o‘likxonalarning video tasvirini «YouTube» va «Twitter»ga joylab, shahardagi epidemiyaning chinakam manzarasini ko‘rsatishga urinishgan. Ular 6 — 26 fevral kunlari g‘oyib bo‘lishdi, o‘shandan beri hech kim ularning qayerdaligini bilmaydi.
Jurnalistlardan biri g‘oyib bo‘lishidan sal avval hibsga olingan: ijtimoiy tarmoqlarda uning tana haroratini o‘lchashga urinayotgan zobitlar bilan janjallashayotgani aks etgan kadrlar paydo bo‘lgan. Ikkinchi reportyor Uxandagi virusologiya institutiga borgandan so‘ng sirli politsiyachilarni qiziqtirib qo‘ygan. Uchinchi muxbir Uxan shahridagi vaqtincha gospitalga borishni rejalashtirib yurgan.
Aprelning boshlarida Uxan markaziy shifoxonasi qabul bo‘limi direktori Ay Fen yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishining erta bosqichlarida hukumatning xatti-harakatini tanqid qilib chiqqan maqola chop etilgandan so‘ng yo‘qolib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi