date
views 7 912

Pitssa yetkazib beruvchi 70 dan ortiq oilalarga koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkin

Pitssa yetkazib beruvchi 70 dan ortiq oilalarga koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkin
Hindiston poytaxti Dehli shahrida koronavirusga chalingan pitssa yetkazib beruvchi 70 dan ortiq oilalarga COVID-19ni yuqtirgan bo‘lishi mumkin.

NDTV telekanalining o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, 19 yoshli yigit 12 aprelga qadar pitssa yetkazib berish bilan shug‘ullangan. So‘nggi 15 kun ichida u Dehli janubidagi 72 ta oilaning uyiga borgan.

Hozirda ularning hammasi karantinga olingan. Bundan tashqari, bemor bilan ishlaydigan 20 ta kurer ham kuzatuvda.
Boshqa bir taxminga ko‘ra, kurerning o‘zi buyurtmalarni yetkazib berish jarayonida koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lishi ham mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pitssa yetkazib beruvchi 70 dan ortiq oilalarga koronavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkin