date
views 2 633

Xorijda bo‘lib turgan qancha o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi

Xorijda bo‘lib turgan qancha o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi
Foto: Ilya Pitalev
Bugun, 18 aprel kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimetov xorijda bo‘lib turgan qancha O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi ma’lumotni ochiqladi.

«2020 yil 18 aprel holatiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQSH (11), BAA (1), Gretsiya (6), Isroil (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (42), Tailand (1), Turkiya (1), Yaponiya (1) va Qozog‘istonda (6) bo‘lib turgan jami 73 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan», - deya qayd etdi Avazbek Hojimetov.

TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, virusga chalingan fuqarolarimiz bilan o‘sha davlatdagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari doimiy aloqada va zarur konsullik-huquqiy yordamlarini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Avazbek Hojimetov chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan o‘sha davlatdagi karantin talablariga rioya qilishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 7 aprel holatiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan jahonning to‘qqiz mamlakatida jami 23 nafar o‘zbekistonlikka koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani ma’lum qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorijda bo‘lib turgan qancha o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi