Foto: Vlad Dokshin
Rossiya prezidenti koronavirus tarqalishi xavfi tufayli xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini tartibga solishning vaqtinchalik chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Joriy yil 15 martdan 15 iyungacha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyada vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash muddati, ular ro‘yxatdan o‘tgan yoki qayd etilgan muddatini hisobga olish to‘xtatib turiladi.
Xuddi shu narsa Rossiyadan chiqarib yuborish, deportatsiya qilish yoki chet davlatga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyadan chiqib ketishi shartlariga ham taalluqlidir. Shuningdek, bu ko‘rsatilgan davr ichida muddati tugaydigan bir qator hujjatlar: viza, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash huquqini beruvchi guvohnoma, migratsiya kartasi, qochqinlik guvohnomasi, ishlash uchun ruxsatnoma, patent va boshqalarga ham aloqador.
15 martdan 15 iyungacha ish beruvchilar, belgilangan cheklovlar va sanitariya-epidemiologiya choralariga rioya qilgan holda, ishlash uchun ruxsatnoma, patentga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ishga yollash huquqiga egadirlar.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha ularning davlat hududidan chiqib ketishga majburligi, Rossiyadan ma’muriy ravishda chiqarib yuborilishi, chet davlatga deportatsiya qilinishi yoki topshirilishi, qochqinlik maqomi, vaqtincha boshpanadan mahrum etilishi, vizalari, ishlash uchun ruxsatnomalari, patentlari, yashash huquqini beruvchi guvohnomalarining bekor qilinishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi