
Janubiy Afrika Respublikasining Kryurger milliy parkida arslonlar anchadan beri xuvillab yotgan trassada uxlashyapti, deb xabar berdi BBC.
Park nazoratchisi Richard Souri ushbu holatni suratga tushirdi. U bu manzaralarni parkda patrullik qilib yurgan paytda ko‘rib qolgan.
Park 25 martdan yopilgan, ammo Souri ishlashda davom etyapti.

U odatda arslonlar yo‘lga parkda hech kim bo‘lmagan tungi paytlarda chiqishini ta’kidlar ekan, endi kunduzi ham bo‘m-bo‘sh trassada mizg‘ib olishayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Odamlar avtomobildagi odamlarga o‘rganib qolishgan. Barcha hayvonlarda yo‘lovchi qarshisida instinktiv qo‘rquv bor, shuning uchun men ularning oldiga oyoq bilan borishga qaror qilsam, tabiiyki bunga yo‘l qo‘yishmaydi”, — deya tushuntirdi Souri.

Richard Souri fotosuratlarni o‘z avtomobilidan mobil telefoniga tushirib olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar