
Foto: The Sun
«Liverpul» klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh koronavirusga qarshi kurashga hissa qo‘shdi.
Egypt Independent nashrining xabar qilishicha, Saloh o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nagrig qishlog‘idagi muhtoj oilalarga minglab tonna oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlari tarqatgan.
Shuningdek, odamlarga tibbiyot niqoblari berilgan va qishloq dezinfeksiya qilingan. 27 yoshli futbolchining o‘zi esa aholini jamoat bo‘lib to‘planmaslikka va sanitariya qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.
19 aprel holatiga Misrda koronavirus bilan bog‘liq 3032 ta holat qayd etildi. 224 kishi vafot etgan bo‘lsa, 701 nafar odam virusni yengib o‘tgan.
Joriy mavsum Saloh «Liverpul» safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 20 gol va 9 ta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar