21:13 / 19.04.2020
2 829

AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 735 ming kishidan oshib ketdi

AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 735 ming kishidan oshib ketdi
Foto: Reuters
AQSHda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 34 mingga ortib, jami kasallar soni 735 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 12:30 holatiga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan kasallanganlar soni 735 287 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni bir sutkada 1800 kishiga ortib, 39 090 kishiga yetgan.

15—16 aprel kunlari mamlakatda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilangan edi — bir sutkada qariyb 4,6 ming bemor vafot etgan.

Avvalroq Tramp AQSHda koronavirus qurbonlari qanchaga yetishi mumkinligi to‘g‘risidagi prognoziga o‘zgartirish kiritib, mamlakatda 60-65 ming kishi virus oqibatida vafot etishi mumkinligini bildirgandi. Shu bilan birga, AQSH prezidenti koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 735 ming kishidan oshib ketdi