date
views 4 245

Yerning «yangrashi» fazodan yozib olindi (audio)

Yerning «yangrashi» fazodan yozib olindi (audio)
Foto: NASA
Yevropa koinot agentligi qurilmasi magnitometr yordamida sayyoramiz magnit maydonining tovushlarini yozib oldi.
Olimlar Yer magnit maydonining “qo‘shig‘i”ni taqdim qilishdi. Audioyozuv Yevropa koinot agentligining tvitterdagi akkauntida joylashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, yozuv BepiColombo qurilmasi tomonidan qayd qilingan. Ushbu qurilma ESA va JAXA – Yevropa va Yaponiya koinot agentliklari missiyasi doirasida faoliyat yuritmoqda.

BepiColombo 2018 yilda fazoga uchirilgan. Uning asosiy maqsadi Merkuriy sayyorasini o‘rganish hisoblanadi. U Merkuriy atrofida 6 marta aylangach, Venera atrofida ham 2 marta aylanishi belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerning «yangrashi» fazodan yozib olindi (audio)