Foto: iStock
Daily Mail nashri koronavirusdan xoli mamlakatlar va aholi doimiy yashaydigan hududlar ro‘yxatini tuzdi.
Gazetaning ma’lumot berishicha, shu kunga qadar 15ta mamlakat va 11ta aholi doimiy yashaydigan hududda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. Bu ro‘yxatdan Komor orollari, Kiribati, Lesoto, Marshall orollari, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Nauru, Palau, Sulaymon orollari, Tojikiston, Tonga, Turkmaniston, Tuvalu, Vanuatu va Shimoliy Koreya joy oldi.
Pitkern, Avliyo Yelena, Ko‘tarilish va Tristan-da-Kunya orollari (Buyuk Britaniya) , Amerika Samoasi (AQSH), Uollis va Futuna orollari (Fransiya), Shpitsbergen (Norvegiya), Rojdestvo va Norfolk, Kokos orollari (Avstraliya), Niue, Tokelau, Kuk orollari (Yangi Zelandiya) koronavirus yetib bormagan aholi doimiy yashaydigan hududlar deb topildi.
Shu bilan birga, ayrim davlatlar kasallikka chalinish bilan bog‘liq holatlar haqida shunchaki xabar qilmayapti deb hisoblanmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada 10 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingani holda, Shimoliy Koreya mamlakatda hech kim koronavirus yuqtirmaganligini ta’kidlab kelmoqda. Tojikiston esa kasallik tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy bilan chegaradosh.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bu kasallikka chalinganlar soni 2,6 milliondan oshgan, 182 mingdan ortiq kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi