
"Xalqaro valyuta jamg‘armasi jarroh singaridir. Lekin u barmog‘ingga shikast yetsa, kel, qo‘lingni kesib tashlaylik, ovora bo‘lib, tavakkal qilib nima qilamiz, deydigan jarroh".
Iqtibos Saakashviliga tegishli. Saakashvili va uning komandasi hokimiyatga kelgandan bir yil o‘tmay XVFga mamlakatdan chiqish eshiklarini ko‘rsatgan va Gruziya iqtisodiy mo‘’jizasi yer yuzidagi eng sinik byurokratlar ishtirokisiz amalga oshirilgan.
Men 1996 yildan beri XVFning turli davlatlarga berayotgan konsultatsiyalari va dasturlarini kuzatib boraman. Bularning dastur va yo‘l-yo‘riqlari bu davrda Argentinani 2 marta abgor qilishga ulgurdi. Meksika, Gretsiya, Ukraina, 90-yillar Rossiyasi. Bu mening kuzatganlarim xolos. Va ularning bisotida bironta muvaffaqiyatli keys yo‘q.
Bu kon’yunkturachilarning har yilgi missiyasi 2009-2016 yillarda konvertatsiya taqa-taq yopiq davrda ham O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini olqishlab, maqtab kelgani esingizdadir?
Maslahat va dasturlari uchun na siyosiy va na moliyaviy oqibat ko‘rmaydigan bu parazit xalqaro tashkilot O‘zbekistonga budjet sohasida oylik maoshlarni qisqartirishni taklif etipti.
Ajoyib, shunday emasmi? Butun ilg‘or dunyo talabni rag‘batlantirayotgan, odamlarga pul tarqatayotgan bir sharoitda XVF bizga maoshlarni qisqartirishni o‘rgatmoqda. AQSHga o‘rgatmayapti, Germaniyaga o‘rgatmayapti, Yaponiyaga o‘rgatmayapti. Bizga o‘rgatayapti.
Nima deb o‘ylaysiz, XVFning zararkunanda yo‘l-yo‘riqlariga yuramizmi? O‘ylab ko‘ring!
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar