
Foto: «Elgezit.kg»
Tojikistoni prezidenti Emomali Rahmon mamlakatdagi fermer va dehqonlardan Ramazon oyi ro‘zasini keyinroq tutib berishni so‘radi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati xabar bergan.
Rahmonning o‘z murojaatida koronavirus epidemiyasi vaqtida odamlarning o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerakligini qayd etdi.
«Kun davomida och yurish inson immunitetini kuchsizlantiradi va turli yuqumli kasalliklar yuqtirib olish ehtimolini oshiradi», — degan Emomali Rahmon.
Tojikiston davlat rahbari barchani ekin maydonlarida mehnat qilishga va ro‘za tutishni boshqa muddatga qoldirib, keyinchalik qazosini tutib berishga chaqirdi.
Rahmon Tojikiston xalqiga yo‘llagan murojaatida pandemiya tufayli ishni to‘xtatmaslik lozimligi, aks holda, kuz-qish mavsumida har bir oilada katta qiyinchiliklar, bozorlarda inqiroz va qimmatchiliklar bo‘lishini ta’kidladi.
Reuters agentligining yozishicha, Tojikiston Xalqaro valyuta jamg‘armasidan global retsessiya sabab iqtisodiyotini tiklash uchun favqulodda yordam so‘ragan. Tojikiston bug‘doyni import qiladi va mamlakatga asosiy don yetkazib beruvchi davlat Qozog‘iston hisoblanadi. Qozog‘istonda bug‘doy eksportining limitlari keskin qisqartirilgan.
Emomali RahmonTojikiston PrezidentiRamazon OyiFermer va DehqonlarKoronavirus EpidemiyasiIshni To‘xtatmaslik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar