Sobiq futbolchilar o‘tkazgan aksiya 4 ta «Tez yordam» mashinasiga yetadigan pul to‘plab berdi

Sobiq futbolchilar o‘tkazgan aksiya 4 ta «Tez yordam» mashinasiga yetadigan pul to‘plab berdi
Foto: «rsport.ria.ru»
2006 yilda Italiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo‘lgan futbolchilar aksiya tashkil etishdi. 4 ta «Tez yordam» mashinasini xarid qilish uchun po‘l jamg‘arildi, deya xabar berdi jamoa eks-forvardi Alessandro Del Pyero.

«2006 yil Jahon chempionatida ishtirok etgan termadagi jamoadoshlarim bilan birga va sizning hissangiz sharofati bilan biz Italiya Qizil xoch jamiyatiga 4 ta «Tez yordam» mashinasini xayriya qilganimizni mamnuniyat bilan xabar qilaman», — deb yozadi Del Pyero o‘zining «Instagram»dagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, ushbu «ultrazamonaviy mashinalardan» koronavirus pandemiyasi tugagandan keyin ham oddiy tartibda foydalanish mumkin.

«4 raqami — taqdir belgisi: Italiya termasining Jahon chempionatlaridagi sovrinlari ham shuncha», — deya qo‘shib qo‘ygan Del Pyero.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada 189 973 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, shulardan 25 549 nafari vafot etgan, 57 576 kishi tuzalgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar