21:09 / 24.04.2020
3 443

OAV Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z villasida koronavirusdan yashirinayotganini ma’lum qildi

OAV Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z villasida koronavirusdan yashirinayotganini ma’lum qildi
Kim Chen In Foto: Pyeongyang Press Corps / Pool / Getty Images
Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Yapon dengizidagi Sharqiy Koreya ko‘rfazi sohilida joylashgan xususiy villada ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Channel A telekanali xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, Kim Chen In Pxenyanni koronavirusga chalinishi mumkinligi xavotirida tark etishga qaror qilgan. Ta’kidlanishicha, koronavirus Kim Chen Inga yaqin odamlarda aniqlangan.

Shu sababli Kim Chen In Pxenyanni o‘tgan hafta shaxsiy poyezdda tark etib, o‘ziga qarashli villa joylashgan Vonsan-Kalma kurortiga yo‘l olgan. Ma’lum qilinishicha, Kim Chen In qarorgohida tibbiy muassasa ham joylashgan.

21 aprelda CNN telekanali AQSH razvedkasi vakillariga tayanib Shimoliy Koreya yetakchisi jarrohlik amaliyotidan keyin og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qilgan. Keyinroq Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi bu ma’lumotni rad etgan. Ma’lumot noto‘g‘riligini Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyatidagi manba ham tasdiqlagan.

Bu safar Shimoliy Koreya hukumati va ommaviy axborot vositalari Kim Chen In haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirishmagan. Ta’kidlanishicha, avval ular bunday mish-mishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirilib, ularni inkor qilib kelishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z villasida koronavirusdan yashirinayotganini ma’lum qildi