
Foto: Yandex Photos
Togo terma jamoasi hujumchisi Emmanuel Adebayor koronavirusga qarshi kurashda o‘z mamlakatiga yordam bermayotganini aytib tanqid qilayotganlarga javob qaytardi.
«Xayriya ishlariga qo‘l urmayotganimni gapirayotganlar — meni tinch qo‘ying. Men nimani xohlasam, shuni qilaman. Siz meni Drogba va Eto’O bilan solishtirishingiz mumkin, biroq men ularga o‘xshamayman. Men — Emmanuel Shay Adebayor va har doim o‘z xohishim bo‘yicha ish qilaman», — deydi Adebayor.
Adebayor futbolchilik faoliyatini 2001 yili «Mes»da boshlagan. Shundan keyin u «Monako», «Arsenal», «Manchester Siti», «Real», «Tottenhem», «Kristal Pelas», «Istanbul Bashakshehir» va «Kayserispor»da faoliyat yuritdi. Ayni vaqtda 36 yoshli futbolchi Paragvayning «Olimpiya» klubiga o‘ynamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Adebayorga «Paxtakor» tomonidan qiziqish bo‘lgani xabar qilingan va Toshkent klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze buni tasdiqlagandi.
AdebayorTogo Terma JamoasiXayriya IshlariEmmanuel AdebayorFutbolchilik FaoliyatiPaxtakor Qiziqishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar