Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlar may oyining o‘rtalariga borib eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini taxmin qilmoqda. Bu haqda u «AIF.ru»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Italiya va Ispaniyada koronavirus tarqalishining kritik davri bir yarim oy davom etgan. «Biz ham may oyining o‘rtalariga borib, ushbu platoga yetishimiz kerak. Shundan so‘ng yoz faslining birinchi oyidan ancha yengillashadi. Va hozirgi barcha qiyinchiliklar unut bo‘lib ketadi», — deydi Peskov.
Avvalroq Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aprel oyining oxirlariga borib o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini ma’lum qilgandi.
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri davlat rahbari Vladimir Putin ushbu mavzuga shu qadar chuqur kirib ketgan va u borgan sari ekspert virusolog bo‘lib shakllanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 87 ming kishidan oshib ketdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanishlar soni bo‘yicha Xitoydan oldinga o‘tib, dunyoda to‘qqizinchi o‘ringa chiqib olgan. Hozirga qadar butun Rossiya bo‘ylab 794 kishi koronavirus qurboniga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”