Foto: Getty Images
COVID-19 koronavirus pandemiyasi yaqin vaqtlarda tugamaydi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Bu haqda JSST rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qilgan.
«Pandemiya hali tugallanishdan yiroq. JSST Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning ayrim mamlakatlarida kasallanish ortib borayotganidan hali ham xavotirda», — degan Gebreyesus jurnalistlar bilan muloqotda. Uning aytishicha, ushbu davlatlarda testdan o‘tkazish imkoniyati kam bo‘lgani uchun qayd etilgan kasallanish va o‘lim darajalari hammasi ham ma’lum qilinmagani sababli ularda bu ko‘rsatkich past chiqmoqda.
JSST rahbari, shuningdek, cheklov choralarini yumshatayotgan Yevropa davlatlariga qarata murojaat qilib, «Yevropada yangi kasallanish holatlari kamaygani sababli cheklov choralari yumshatilayotgan ekan, biz kasallanish holatlari kamayishda davom etishi uchun davlatlarni COVID-19’ni aniqlash, testdan o‘tkazish, izolyatsiya qilish va har bir aloqalarni kuzatishga chaqirishda davom etamiz», — degan u.
Avvalroq JSST koronavirus pandemiyasini vaksinasiz to‘xtatib bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Hozirda dunyodagi o‘nlab laboratoriyalarda vaksina yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin