Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH tomonidan olib borilayotgan tergov koronavirusning kelib chiqishi haqida barcha ma’lumotni olishga imkon berishini aytdi.
“Biz juda jiddiy tergov olib bormoqdamiz va uning natijalari haqida sizga ma’lum qilamiz. Biz javoblar olishga muvaffaq bo‘lamiz”, deb aytgan Tramp Oq uydagi brifingda.
AQSH prezidenti navbatdagi marta “Xitoy va umuman koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan noroziligini” eslatib o‘tgan. Uning aytishicha, Xitoy tezroq harakat qilganda, virus tarqalishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lardi.
Tramp koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri haqida gapirar ekan, gap nafaqat AQSHga, balki butun dunyoga yetkazilgan zarar haqida borayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Avvalroq AQSH koronavirus qayerdan paydo bo‘lgani va Xitoy nima uchun uning tarqalishini tezda to‘xtata olmagani bo‘yicha tergov olib borayotgani ma’lum qilingan. OAVda paydo bo‘lgan taxminlardan biriga ko‘ra, Vashingtonda virus Xitoyning Uhan shahridagi ilmiy laboratoriyada yaratilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi