Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz muborak Ramazon oyida ro‘za tutayotgan musulmonlarga o‘z ehtiromini bildirdi va shuningdek, koronavirusga qarshi kurashda oldingi safda qurbon bo‘lgan musulmon shifokorlar va hamshiralarning yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi.
Uels shahzodasi Buyuk Britaniyadagi musulmonlarga murojaatini "Assalamu alaykum" so‘zlari bilan boshlagan, unda musulmonlarga Ramazon oyida bo‘ladigan qiyinchiliklarda sabr tilagan. Charlz, shuningdek, pandemiya paytida muhtojlarga yordam berayotgan musulmon ko‘ngillilar va xayriya tashkilotlarining hissalarini yuqori baholadi.
“Eng fojiali narsa, men bilamanki, musulmon jamoasining bir qator yuqori malakali va bebaho shifokorlari va hamshiralari ushbu zararli virus tufayli vafot etishdi", dedi Uels shahzodasi.
Koronavirus tufayli nobud bo‘lgan shifokorlar orasida Amjid al-Xavraniy, Abdul Ma’bud Chaudhari, Alfa Saadu, Odil Tayar va Habib Zaydiylar bor edi.
"Men ularning oilalari va hamkasblariga o‘zimning chuqur hamdardligimni izhor etaman, chuqur hurmat va samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Men 13 yoshli Ismoil Muhammad Abdulvahhobning oilasidan uzoqda vafot etishi haqidagi fojiali hikoyadan hayajonlandim", – dedi shahzoda Charlz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)