
Qozog‘istonda 1,6 milliondan ortiq qarz oluvchilar favqulodda vaziyat vaqtida o‘z qarzlarini to‘lash muddatini uzaytirdi.
“Qozog‘iston moliyaviy bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni davom ettirmoqda. 2020 yil 28 aprel holatiga ko‘ra, ikkinchi darajali banklar va boshqa kredit tashkilotlariga ssudalar va mikrokreditlar bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib turish to‘g‘risida 1 844 599 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 1 831 489 tasi jismoniy shaxslar tomonidan bank kreditlarini to‘lash muddatini uzaytirish uchun, 13 110 tasi kichik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan berilgan”, — deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, 1 661 232 jismoniy shaxslar uchun 237,4 mlrd tanga miqdorida yoki qarz oluvchilarning 31,3%ining to‘lovlarni to‘xtatib turish arizasi tasdiqlandi. Ularning 299 363 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlardir.
“Shu bilan birga, 11,561 kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga 138,8 mlrd tanga miqdorida yoki umumiy tadbirkorlarning 44,1% miqdorida kredit to‘lash muddati uzaytirildi. Qolgan arizalar ko‘rib chiqilmoqda va 10 ish kuni ichida ular bo‘yicha qaror qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Bugungi kunda qariyb 5,3 million odamning bank kreditlari va mikrokreditlar bo‘yicha 4,4 trln tanga, shuningdek, 26,2 mingga yaqin kichik va o‘rta biznesning 3,9 trln tanga miqdorida krediti bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar