Foto: Getty Images
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo koronavirus pandemiyasi vaqtida Shimoliy Koreyaga ochlik xavf solishi mumkinligini ma’lum qildi. Pompeo bu haqda Fox News`ga bergan intervyusida aytgan.
Pompeodan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning salomatligi haqida nima bilishini so‘rashdi: «Uni ko‘rganim yo‘q, shu uchun nimadir deya olmayman. Biz nafaqat janob Kimning atrofidagi voqealarni, balki butun mamlakatdagi holatni kuzatyapmiz», degan Pompeo.
Shimoliy Koreya koronavirus paydo bo‘lgan Xitoy bilan yaqin aloqada bo‘lsa-da, mamlakatda virus rasman aniqlanmagan. Maykl Pompeo esa pandemiya bu mamlakatga ham zarar yetkazishi mumkinligini ma’lum qildi: «Kasallik ularda ham tarqalishi xavfi yo‘q emas. Shimoliy Koreyada oziq-ovqat yetishmovchiligi, buning ortidan ochlik kelib chiqishi mumkin. Bu bizning maqsadimiz bo‘lgan mamlakatni yadrodan holi hududga aylantirish rejasiga xalaqit berishi mumkinligi sabab vaziyatni diqqat bilan kuzatyapmiz», degan AQSH davlat kotibi.
CNN o‘z manbalariga tayanib AQSH razvedkasi Kim Chen Inning salomatligi bilan bog‘liq vaziyatni jiddiy o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. AQSH prezidenti Donald Tramp bu borada fikr bildirar ekan undagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen Inning salomatligi yomon holatda ekani noto‘g‘riligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya rasman koronavirus qayd etilmagan kam sonli davlatlardan biri bo‘lib turibdi. Mamlakat rahbari va Mehnat partiyasi yetakchisi Kim Chen In 12 apreldan buyon ko‘rinish bermagani sabab uning salomatligi haqida turli xabarlar paydo bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi