00:24 / 01.05.2020
1 904

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus yuqtirib oldi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus yuqtirib oldi
Foto: Dmitriy Duxanin / «Kommersant»
«Kommersant’» nashrining xabar berishicha, u baland harorat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mishustin samoizolyatsiya rejimiga rioya etishini ma’lum qilgan. U Rossiya hukumati rahbari vazifasini vaqtincha bajarish uchun o‘zining birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov nomzodini taklif etgan.

«Hozirgina men koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun topshirgan testlarim musbat natija bergani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli «Rospotrebnadzor» talablariga ko‘ra hamkasblarimning xavfsizligini ta’minlash maqsadida men o‘z-o‘zimni izolyatsiya qilish qoidalariga, vrachlarning ko‘rsatmalariga amal qilishim kerak», degan bosh vazir. Mishustin va Putinning videoaloqa orqali suhbati «Rossiya 24» telekanali efirida ko‘rsatilgan.

Mishustin Putinni hukumat o‘z faoliyatini faollik bilan davom ettirishi va o‘zi ham doimiy aloqada bo‘lib turishini bildirgan.
Putin ham o‘z navbatida Mishustinga tezda sog‘ayishni tilagan va uning taklifi bilan Belousov vaqtincha bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishiga rozilik bildirgan. Ko‘p o‘tmay uni bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmon imzolangan.

RF bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov
Foto: Reuters

«Sizga tezroq tuzalishingizni tilayman, tuzalib salomat bo‘ling. Siz o‘z formangizni saqlab qolib, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yechimlar ishlab chiqishda qatnashasiz deb umid qilaman», degan Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus yuqtirib oldi