
Foto: Getty Images
AQSHda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari ortidan keyingi olti hafta ichida mamlakatning 30,2 mln aholisi ishsiz qoldi. Birgina o‘tgan haftada 3,84 mln amerikalik ishsizlik nafaqasi olishga ariza bergan.
Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan haftalardagiga nisbatan pasaygan. Xususan, 18 aprelgacha ishsizlar soni 4,427 mln, 11 aprelgacha 5,2 mln, 4 aprelgacha 6,6 mln, 28 martgacha 6,9 mln, 21 martgacha- 3,3 mln kishi ishini yo‘qotgandi.

Foto: Getty Images
2020 yil martga qadar ishsizlik bo‘yicha arizalar soni haftasiga 100 mingtadan oshmagan, inqirozgacha esa 1,7 mln kishi ishsizlik nafaqasi olib kelgan.
AQSH bir necha haftadan beri koronavirus pandemiyasi markazi bo‘lib turibdi. Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln kishidan oshgan, 62 minggga yaqin kishi vafot etgan.
AQSHda KoronavirusIshsizlik NafaqasiMamlakatda KoronavirusOdamlar SoniCheklov ChoralarInqirozga Qadar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar