
Islom saytlarida RF Prezidenti Dmitriy Medvedevning olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuvida Mavlet Batirov shampan qadahini qo‘lga olmagani haqida gap tarqalgach, ushbu sportchiga quyidagi savol bilan murojaat qilindi:
- Islomga zid keladigan o‘xshash holatlarga tez-tez tushib turasizmi?
- Yoshlar meni diqqat bilan kuzatib borishlarini yaxshi bilaman. Tasavvur qilyapsiz-mi, qo‘limda spirtli ichimlik, ustiga ustak Ramazon oyi?! Nima degan odam bo‘laman axir, ular uchun men? To‘g‘ri, yelkamdagi Shayton: «Hoy, nimalar qilyapsan?! Axir bu kimsan, shaxsan Prezidentning o‘zi-ku! Unday qilib bo‘lmaydi!» - deb o‘tirdi, albatta.
Alhamdulilloh, uni yenga oldim. Hamma sportchilar bilan qadah urishtirib kelayotgan Prezident qadahsiz turganimni ko‘rib, dastlab hayron bo‘ldi. Chunki qo‘lim nafaqat qadahsiz, balki kissaga solingan edi. Musulmon ekanligim, hozir Ramazon oyi ekanligi esiga tushdi shekilli, tabriklagancha, nari ketdi. Bunday fursatlarda bo‘sh kelish mumkin emas. Jo‘yali mulohaza yuritadigan bo‘lsak, o‘sha fursatdagi xulqim qahramonona ham, adabsiz ham kechmagan. Qilishim kerak bo‘lgan ishni qildim xolos. Meni kibrdan asrashini doimo Allohdan so‘rab kelganman. Ma’lum bir yutuqlarni qo‘lga kiritganimda boylik va mashhurlik – hayotda erishiladigan muhim narsalar emasligini idrok etishga ulgurgan edim. Kurash ham muhim emas mening hayotimda. Hayotimning asosiy ma’nisi – Allohga ibodatdir!
Tarjimon: Shokir Dolimov
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar