
Koronavirus pandemiyasi tufayli AQSH go‘sht bozorida keskin vaziyat kuzatilmoqda. Mamlakat bo‘ylab go‘shtni qayta ishlovchi ko‘plab korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtagan. Natijada o‘simliklardan tayyorlangan kolbasa mahsulotlariga talab o‘sib bormoqda.
Nielsen tahlillari bo‘yicha o‘tgan haftada o‘simliklarga asoslangan go‘sht o‘rnini bosadigan mahsulotlar savdosi 200 foizga o‘sgan. Sakkiz haftalik davrda o‘sish 265 foizni tashkil etdi. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, 27 apreldan AQSHda go‘shtni qayta ishlovchi korxonalarning har uchtadan bittasi ishlamayapti. Advanced Economic Solutions tahlillari mol go‘shti ishlab chiqarish allaqachon 14 foizga kamayganini ko‘rsatmoqda.
Korxonalarning yopilishi fonida go‘sht mahsulotlari narxi ham tez o‘sib bormoqda. AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, go‘shtning ulgurji narxi aprel oyining boshidan buyon ikki baravarga oshgan va 100 funtga (45,36 kg) 77,48 dollarni tashkil qilgan.
AQSH Go‘shtKoronavirus PandemiyasiO‘simliklarga AsoslanganSavdo O‘sishiGo‘sht MahsulotlariQishloq Xo‘jaligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar