Foto: EPA
AQSHda virtual enagalarga talab oshdi. Mavjud kompaniyalar o‘z xodimlarini turli texnikalarga o‘rgatmoqda, bu esa enagalar bolalar diqqatini ekran orqali ushlab tura olishi uchun qo‘l kelmoqda. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Babysitting Company xizmati bolalarga qarash bo‘yicha virtual yordamga ehtiyoj oshib borayotganini birinchilardan bo‘lib payqadi. Kompaniya enaga bilan 45 daqiqalik videochat ota-onalarga 36 dollarga tushishini ma’lum qildi.
Kompaniya asoschisi Reychel Charlupskining so‘zlariga ko‘ra, bolalar bilan kompyuter orqali ishlash qiyinroq. Shu sababli kompaniya o‘z xodimlarini qayta o‘qitishiga to‘g‘ri kelgan.
Endi kompaniyaning har bir enagasi bolaning yoshi va qiziqishlaridan kelib chiqib, videoseans rejasini oldindan tayyorlab qo‘yadi. Enaga bolaga birgalikda rasm chizish, qo‘shiq aytish, meditatsiya bilan shug‘ullanish, Lego yig‘ish va raqsga tushishni taklif qiladi. Bolalarda ham tez-tez o‘z g‘oyalari paydo bo‘ladi.
«Misol uchun, bir bola 45 daqiqa davomida o‘yinchoq ovqatni kameraga tutib, o‘zini enagasini ovqatlantirayotgandek tutdi», — deydi Charlupski.
Kompaniya direktorining so‘zlariga ko‘ra, AQSHda virtual enagalarga talab oshishda davom etadi. Chunki virtual bo‘lsa ham o‘quv yili bir oydan keyin yakuniga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi