
Foto: «Pda.iarex.ru»
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson o‘g‘liga siyosatchini COVID-19 dan davolagan ikki nafar shikofor sharafiga Uilfred Lori Nikolas deb ism qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan tasvirlarda bosh vazirning qallig‘i Kerri Saymonds qo‘lida chaqaloq ushlab turganligini ko‘rish mumkin.
«Biz haqimizda qayg‘urgan «University College London» shifoxonasidagi Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining ajoyib jamoasidan minnatdorman», — deb yozadi Saymonds.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Uilfred — bosh vazirning bobosi, Lori — o‘zining bobosi, Nikolas esa shifoxonada koronavirusga chalingan bosh vazirning hayotini saqlab qolgan ikki nafar shifokor sharafiga qo‘yilgan. Saymondsning o‘zi ham yaqinda kasallik alomatlari bilan ikki hafta yotib chiqdi.
Uilfred Jonson 29 aprel kuni tongda dunyoga keldi.
Britaniya Bosh VaziriBoris JonsonUilfred Lori NikolasCOVID-19Ijtimoiy TarmoqlarMilliy Sog‘liqni Saqlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar