Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
Turkiya statistika tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2019 yil davomida jami 1550 nafar o‘zbekistonlik qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan. Turli yillarda Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbekistonlik qizlar orasida o‘zbek shou-biznesi vakillari ham bor.
Nargiza Salmonova
Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
«Taqdirlar», «O Maryam, Maryam», «Aldangan ayol» «Farhod va Shirin» kabi filmlardagi turli obrazlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisa Nargiza Salmonova 2018 yilda Turkiya fuqarosi Emrah Sayanga turmushga chiqqan.
Nargiza va Emrahning to‘yi Istanbul shahrida, Bosfor dengizidagi kemada bo‘lib o‘tgan. Aktrisa har doim to‘yi kemada bo‘lishini orzu qilganini aytgan edi.
Dilnoza Saidova
Foto: Instagram / @dilnozasaidova_sevimli
Foto: Instagram / @dilnozasaidova_sevimli
«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion-tahliliy dasturi boshlovchisi Dilnoza Saidova 2019 yilda Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan.
Dilnoza Instagram’dagi sahifasida o‘ziga «Muvaffaqiyatli kareradan oilasi uchun voz kechgan teleboshlovchi» deya ta’rif bergan.
Kamola Arslonova (Diyora)
Foto: Instagram / @_diyora_
Foto: Instagram / @_diyora_
Foto: Instagram / @_diyora_
«Kirakash», «Sevginator 2» filmlarida, «Opa-singillar» serialida rol ijro etgan aktrisa Kamola Arslonova ham Turkiyaga kelin bo‘lgan. «Opa-singillar» serialidagi Shahnoza obrazi aktrisani elga tanitgan. Kamola Diyora taxallusi bilan qo‘shiq ham aytgan.
Mesut va Kamola hozirda Turkiyada yashaydi. Ularning qiz farzandi bor. Kamola Instagram’dagi postlaridan birida qizini o‘zbek yigitiga turmushga uzatishni xohlamasligini, lekin o‘g‘il farzand ko‘rsa, O‘zbekistondan kelin qilish niyati borligini yozgan.
Zamira Ortiqova
Foto: Instagram / @zamiraartikovakurt
Foto: Instagram / @zamiraartikovakurt
«Sevimli» telekanalining yana bir boshlovchisi Zamira Ortiqova 2019 yilda turkiyalik Gurol Kurt bilan turmush qurgan. To‘y Istanbul shahrida ikki yoshning oila a’zolari va eng yaqin do‘stlari qurshovida bo‘lib o‘tgan. Teleboshlovchining to‘yida bir necha o‘zbek shou-biznesi vakillari ham ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida