Italiyalik olimlar nomi hammaga yod bo‘lib ketgan «COVID-19» o‘rniga «MicroCLOTS» atamasidan foydalanishni taklif qilishdi.
Kasallik nafaqat o‘pkaga, balki qon tomirlariga ham zarar yetkazayotgani, bosh miyada ham tromblar hosil bo‘lishiga olib kelayotgani uchun shu tashabbus ilgari surildi.
Rossiyalik mutaxassislar esa kasallikni nomlashga shoshilmaslikni, COVID-19 ning qon tomirlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri to‘liq o‘rganilmagani, tadqiqotlar o‘tkazish kerakligini aytishmoqda. Shunga qaramasdan, kasallikdan vafot etganlar ustida olib borilgan o‘rganishlar yuqori darajada tromblar hosil bo‘layotganini tasdiqlaydi, deb yozadi «Izvestiya».
Vrach-patomorfolog, tibbiyot fanlari nomzodi Liliya Selivanova shaxsan o‘zi COVID-19 ning 10 nafar qurbonini o‘rganish natijasida ularning to‘qqiz nafarida trombning turli lokalizatsiyalarini o‘pka arteriyasi, buyrak tomirlari, qorataloq, yurak tojsimon arteriyalarida uchratganini aytadi.
Selivanovaning ta’kidlashicha, ilgari o‘pkani zararlab o‘tkir respirator distress-sindromi rivojlangani uchun faqat respirator kasallik sifatida qaralgan infeksiya endilikda inson qon tomirlarida ham xuddi shunday oqibatlarga sabab bo‘layotgani ekspertlar tomonidan qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi