
Foto: turkistan.gov.kz
Vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, O‘zbekiston vakillari Turkiston viloyatiga keladi va yordam beradi, dedi viloyat hokimi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Turkiston viloyatidagi toshqinlarni bartaraf etish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilmoqda, dedi Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Shukeyev. Vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani ochadi, deb xabar berdi Zakon.kz'ga tayanib Kun.uz nashri.
- 1 may kuni O‘zbekistondagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilishi va suv chiqishi sababli chegaraoldi hududlarda joylashgan kollektorlarga suv to‘ldi. Toshqin tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Bugungi kunga qadar 14ta aholi punktidan 31 606 nafar aholi evakuatsiya qilindi. Beshta aholi punktini suv bosdi, 7ta hududda hanuzgacha xavf mavjud, Mirzakent va Oqyo‘l aholi punktlarida suv toshqini xavfi yo‘q hamda aholi o‘z uylariga qaytdi, - dedi Shukeev.
Uning eslatishicha, 2 may kuni tezkor shtab tashkil etildi, 986 kishi va 180dan ortiq texnika jalb qilindi. Suv nasoslari Qizilo‘rda, Jambil viloyatlari va Chimkentdan olib kelindi, Milliy gvardiyadan 413 nafar harbiy va 37 dona texnika safarbar etildi. Bundan tashqari, 323 nafar harbiy xizmatchi va 26 dona texnika Milliy gvardiya tomonidan Olmaotadan olib kelindi. 19ta evakuatsiya punkti ochildi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat tufayli dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 845ta uy, 3ta maktab, 5ta bolalar bog‘chasi, 4ta tibbiyot muassasasi, 1ta madaniyat uyi suv ostida qolgan.
- Shuningdek, Jenis qishlog‘ida ko‘prik, 54,7 km uzunlikdagi yo‘l suv ostida qoldi. Yana shuni aytmoqchimanki, 7 639 gektar ekin maydoniga zarar yetdi. Bugun biz zarar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiryapmiz. Shundan so‘ng qo‘shimcha hisobot beramiz, - dedi viloyat hokimi.
Hozirga qadar, uning so‘zlariga ko‘ra, suv bosgan hududlarda mol-mulkni himoya qilish uchun 8ta blokpost barpo etildi.
Biz O‘zbekistonga borib, hamkasblar bilan suhbatlashdik, xavfli joylarni ko‘rib chiqdik. Ko‘gali aholi punkti yaqinida qo‘shimcha ravishda kanallar qaziymiz. Kecha bu kelishildi. Umuman olganda, O‘zbekiston yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat barqarorlashgandan keyin ular bizning viloyatga kelib, yordam berishadi. O‘z navbatida, biz chegarani ochishimiz kerak, dedi Shukeyev.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida Qozog‘iston va O‘zbekiston koronavirus tarqalishi oldini olish uchun xorijliklarga o‘z chegaralarini yopgan edi.
Bundan oldin, Qozog‘iston O‘zbekistonga rasmiy xat yuborib, Sardoba suv omboridagi to‘g‘onning o‘pirilishi haqida to‘liq ma’lumot berishni talab qilishi xabar berilgandi.
O‘zbekistonQozog‘istonTurkiston viloyatiFavqulodda vaziyatSuv toshqiniHamkorlik qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar