Foto: REUTERS/Arnd Wiegmann
Italiyalik olimlar organizmda koronavirus tarqalishini to‘xtata oluvchi dunyodagi ilk vaksinani yaratishganini va yaqin orada uni odamlarda sinamoqchi ekanliklarini ta’kidlashmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Olimlar vaksinani sichqonlarda sinab ko‘rishgan. Ularga dastlab vaksina kiritilgan, so‘ngra antitanalarga tahlil olingan. Dastlabki natijalarning ko‘rsatishicha, sichqonlarda koronavirusning tarqalishini to‘xtata oluvchi antitanalar ishlab chiqilgan. Antitanalar koronavirusga nafaqat sichqonlar, balki insonlar hujayralariga birikishga imkon bermaydi.
Vaksinani yaratish bilan shug‘ullanayotgan kompaniya rahbarining aytishicha, vaksinani katta ko‘lamda odamlarda sinash ishlari kuzga rejalashtirilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, italiyalik olimlar koronavirusni vaksina bilan bartaraf etish mumkinligini dunyoda birinchi bo‘lib ko‘rsata oldilar.
5 may kuni germaniklik va niderlandiyalik olimlar koronavirusni yenga oluvchi tajribaviy monoklon antitanani olishgani ma’lum qilingandi.
4 may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat kerakli dori vositalarining qanchalik tez yaratilishiga emas, balki ularning butun dunyo bo‘ylab qanchalik teng taqsimlanishiga bog‘liqligi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi