
Kanadaning Mississauga shahri rasmiylarining Ramazon oyida karantin sharoitida masjidlarning karnaylaridan azon eshittirishlariga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarori millatchilarni g‘azablantirdi.
Avvalroq, Mississoga shahri 29 aprel kuni shahardagi shovqin darajasini tartibga soluvchi qarorni to‘xtatib turishga qaror qilgani, mahalliy musulmonlarga masjidlarda shom namozini o‘qishga ruxsat berish haqida xabar berilgan edi. Ushbu qaror o‘z-o‘zini yakkalanish rejimida bo‘lgan Ramazon oyidagi musulmonlarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan edi.
O‘tgan yili radikal izohlari uchun feysbukka kirish huquqidan mahrum bo‘lgan taniqli millatchi Feyt Goldi tvitter sahifasida "azon islomning demografik tahdidining belgisi" deb yozgan edi, deb xabar beradi MiddleEastEye.
Ochiq xatda azon Iroq va Afg‘onistonda xizmat qilgan faxriylarga zarar yetkazishi mumkinligini aytgan millatchi farmatsevt-mutaxassis Xani Taufillis ham norozilik bildirgan.
Mississoga hokimiyati millatchilarning g‘azabiga qaramay, shahar hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qarorini bekor qilishni istamaydi.
Mississauga ShahriRamazon OyiMillatchilar QaroriMasjidlar KarnaylariAzon EshittirishMahalliy Musulmonlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar