16:48 / 08.05.2020
5 489

AQSHda yirik qovog‘ari-qotillar paydo bo‘ldi (Foto)

AQSHda yirik qovog‘ari-qotillar paydo bo‘ldi (Foto)
Foto: The New York Times
Yaqinda AQSHda Osiyoning yirik qovog‘arilari paydo bo‘la boshladi va bu asalarichilarning katta muammosiga aylandi. Odamlar ushbu hasharot asalarilar populyatsiyasini nobud qilayotganidan tashvishda, deb yozadi The New York Times.

Nashr Vashington shtatidan bo‘lgan asalarichi Ted Makfollni misol qilib keltirgan. Erkak o‘zining asalari xo‘jaligiga kelib, yerda o‘lib yotgan minglab asalarilarga duch kelgan.

Foto: The New York Times
Makfollning ta’kidlashicha, asalarilarning o‘limiga qanotlari bilan birga hisoblaganda kattaligi to‘qqiz santimetrga yetadigan yirik qovog‘ari (Vespa mandarinia) sababchi. Amerikalik asalarichilar bu kabi qovog‘arilarga birinchi bor o‘tgan yili duch kelgan.

Yirik qovog‘arining o‘ligi.
Foto: The New York Times

Mazkur hasharot nafaqat asalarilar, balki odamlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Ularning chaqishi insonni o‘limga olib kelishi mumkin. Yaponiyada har yili yirik qovog‘arilarning chaqishi oqibatida 50 ga yaqin odam halok bo‘ladi.
Asalarichilar osiyolik «mehmonlar» AQSHdagi asalarilar populyatsiyasini yo‘q qilib yuborishidan xavotirda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda yirik qovog‘ari-qotillar paydo bo‘ldi (Foto)