date
views 6 886

Moskva viloyatida yonib ketgan olti o‘zbekistonlikning ismi-sharifi ma’lum bo‘ldi

Moskva viloyatida yonib ketgan olti o‘zbekistonlikning ismi-sharifi ma’lum bo‘ldi
Moskva viloyatining Ramenskoye tumanida 5 mayga o‘tar kechasi yuz bergan yong‘in oqibatida olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi. Rossiyaning «RenTV» telekanali qurbonlarning ism-shariflarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda «Sof.uz».

Ramenskoyeda 5 mayga o‘tar kechasi yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar:
Gulmira Sattorova, 38 yosh;
Zamira Sattorova, 44 yosh;
Komila Bo‘riyeva, 30 yosh;
Safarboy Abdimannonov, 24 yosh;
Istam Safarov, 41 yosh;
Doston Boboqulov, 22 yosh.
Dastlabki xabarlarda voqea yuz bergan binoda 50 ga yaqin mehnat muhojiri yashagani ta’kidlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 26 kishi istiqomat qilgan.
Uy elektr uskunalar yordamida isitilgan, shuning uchun sodir bo‘lgan hodisaning asosiy versiyasi — simlardagi qisqa tutashuv.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva viloyatida yonib ketgan olti o‘zbekistonlikning ismi-sharifi ma’lum bo‘ldi