
U fransuzlar, inglizlar va belgiyaliklarga qarshi 20 yil ozodlik kurashlari olib bordi. Undan umidsiz bo‘lgan mustamlakachi g‘arbliklar uning o‘g‘lini o‘g‘irlashdi va g‘arbga olib ketishdi. Unga ilmoniylikni, zamonaviylikni o‘rgatishdi. U voyaga yetgach diyoriga qaytib keldi. U endi otasining qarashlariga qarshi chiqdi. Xalq orasida, shahar va qishloqlarda g‘arbga oid chirigan fikrlarni tarqata boshladi. U otasining vatan ozodligi yo‘lidagi kurashlariga qarshi ruhda tarbiyalangan edi.
Otasi unga qarshi chiqdi, uni qaytardi. Ammo o‘zicha "ziyo"li bo‘lgan, Fransiya va Britaniyaning universitetlarini bitirgan "ziyoli" va "madaniyatli" o‘g‘il insonlar orasida g‘arb madaniyatiga ergashishlari, "ilm" va "madaniyat"ga qarshi kurashlarini to‘xtatishlari, "taraqqiyot" va "sivilizatsiya" mash’alasiga bo‘ysunib zulmatdan yorug‘likka chiqishlari haqida tinmay gapirar edi. U bir so‘z bilan aytganda mustamlakachilikka qarshi ozodlik uchun kurashni to‘xtatmoqchi bo‘ldi.
Gvineya, Mali va Keniyaning o‘sha paytdagi islom yetakchilaridan bo‘lgan, mustamlakachilarga qarshi kurash bayrog‘ini ko‘targan Samori Ture o‘z o‘g‘liga bu ishi davlatga, millatga va dinga xiyonat ekanligini, musulmonlarga qarshi kurash ekanligini tushuntirdi. Ammo o‘g‘il otasining gaplariga parvo qilmadi. Otasi uni kishilar ko‘z o‘ngida so‘yib tashlab baland ovozda dedi:
"Kofir g‘arb bilsinki, mo‘’min uchun eng qimmat narsa uning dinidir. Ular bizning o‘g‘illarimizni o‘z maslaklariga moslab tarbiya qilishlari bilan bu yo‘ldan qaytara olishmaydi. Vatan ozodligi yo‘lida kofirlarga qarshi kurashishdan oldin xoin farzandlarimizni so‘ya olamiz. Ular bilsinlarki, biz uchun Allohdan, Rasulidan, dinidan ko‘ra suyukli hech narsa yo‘q!
Gvineya davlati asoschisi, markaziy Afrikada islom himoyachisi bo‘lgan buyuk alambardor Samori Tureni Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!
"Xalqaro arab ensiklopediyasi" kitobidan
Samori TureOzodlik KurashiMustamlakachilik QarshiIslom YetakchilariGvineya DavlatiMadaniyat Tarixi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar