1 806
Britaniyada karantinni buzganlik uchun jarimalar miqdori qariyb ikki baravarga oshirildi
Foto: AP
Buyuk Britaniyada karantinni buzganlik uchug jarimalar qariyb ikki baravarga – 100 funt sterlinggacha oshiriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.
"Karantinni buzganlar uchun yangi jarima miqdori 100 funt sterling bo‘ladi yoki jarimani darhol to‘laganda (14 kun ichida) 50 funtni tashkil etadi. Qoidabuzarliklar takrorlanadigan bo‘lsa jarima 3,6 ming funtgacha yetishi mumkin", - dedi Jonson.
Politsiya karantinni buzganlarga nisbatan mart oxirida qabul qilingan qonun bo‘yicha chora ko‘rish vakolatiga ega bo‘ldi.
Avvalroq Boris Jonson aholiga telemurojaati chog‘ida 13 maydan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklovlar yumshatilishini ma’lum qilgandi.
Xususan, aholiga oftobda toblanish, mashina minish, sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Ikki kishi sport bilan shug‘ullanganida ular bir oilada yashaydiganlar bo‘lishi lozim.
Hukumat shuningdek, aholini jamoat transportidan foydalanmaslikka chaqirdi. Odamlarga piyoda, velosipedda yoki shaxsiy avtomobillarida yurish taklif etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi