
Amerikalik bir guruh senatorlar koronavirusning kelib chiqishi haqida hisobot berishni istamayotgan Xitoyga qarshi sanksiya qo‘llashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda loyiha mualliflaridan biri Lindsi Gremning saytida ma’lum qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy koronavirusning kelib chiqishini tekshirish bo‘yicha hamkorlik qilishni istamayapti va koronavirusning tarqalish nuqtasi bo‘lgan Uxan shahridagi laboratoriyaga xalqaro mutaxassislarning kirishiga rozilik bermayapti.
Senator Xitoy kommunistik partiyasining yolg‘onlari va koronavirus tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirishi oqibatida mahalliy muammo global pandemiyaga aylanganini ta’kidlamoqda. “Ishonchim komilki, Xitoy majbur qilinmaguncha jiddiy tekshiruv doirasida hamkorlik qilmaydi”, – deydi u.
Qonun loyihasida aktivlarni muzlatib qo‘yish, AQSHga kirishni taqiqlash, vizalarni bekor qilish, Xitoy korxonalariga kredit berishni taqiqlash kabilar ko‘zda tutilgan.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp ham Xitoyni bir necha bor koronavirus tahdidi ko‘lamini yashirishda ayblagan edi.
SenatorlarXitoy SanksiyalariKoronavirus Kelib ChiqishiLindsi GremUxan LaboratoriyasiGlobal Pandemiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar