AQSHda koronavirus yuqtirib olish holatlari soni 1,4 milliondan oshib ketdi, mamlakatda qariyb 85 ming nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan. Bu haqda Jons Hopkins universiteti statistik ma’lumotlarida qayd etilgan.
Unga ko‘ra, AQSH hududida 1 million 400 ming 500 ta koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holat qayd etilgan.
Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda jami 84 ming 985 nafar kishi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. AQSH ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham dunyoda yetakchi bo‘lib turibdi.
O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya joylashgan, qirollik hududida 33,6 ming nafar odam hayotdan ko‘z yumgan. Italiya (31,3 ming nafar), Ispaniya (27,1 ming nafar) va Fransiyaga (27 ming nafar) mos ravishda 3, 4 va 5-o‘rinlarda bormoqda. AQSH va Yevropadan tashqarida eng ko‘p o‘lim holati – Braziliyada kuzatilgan, Janubiy Amerika mamlakatida 13,5 ming nafar kishi kasallik qurboniga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi