
Foto: Anadolu Agency
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va uning bosh siyosiy raqibi, sobiq bosh vazir Abdulloh Abdulloh mamlakatda bir necha oydan beri davom etayotgan siyosiy inqirozga barham berish maqsadida 18 may kuni siyosiy bitim tuzdi. Bu haqda tvitterda G‘anining matbuot kotibi Sodiq Sodiqiy [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzE3L2FzaHJhZi1nYW5pLXZhLWFiZHVsbG9oLWFiZHVsbG9oLXNpeW9zaXktYml0aW0tdHV6ZGk%3D]ma’lum qildi[/leech].
“Doktor Abdulloh milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengashga rahbarlik qiladi va uning jamoasi a’zolari vazirlar mahkamasi tarkibiga kiritiladi. Qolgan tafsilotlar yaqin orada ma’lum qilinadi”, deb aytgan Sodiqiy.
Afg‘onistonda 2019 yil sentabrda o‘tgan prezident saylovlaridan keyin siyosiy inqiroz yuzaga kelgandi. Saylovlar natijalari 5 oydan keyin e’lon qilingan. Mamlakatning mustaqil saylov komissiyasi o‘shanda Ashraf G‘anini prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qilgandi. Bunga qolgan nomzodlar, jumladan uning asosiy raqibi Abdulloh Abdulloh rozi bo‘lmagan.
9 mart kuni Kobulda G‘anining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tgan. Shu kuniyoq Abdulloh o‘zini prezident deb e’lon qilib, o‘z inauguratsiyasini o‘tkazgan.
Afg'onistonAshraf G‘aniAbdulloh AbdullohSiyosiy BitimSiyosiy InqirozPrezident Saylovlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar