
Foto: TASS
Avstraliya va Yevropa ittifoqining koronavirus manbalarini aniqlash maqsadida mustaqil tergov o‘tkazish g‘oyasini 62 davlat qo‘llab-quvvvatladi. Bu haqda Avstraliyaning AVS telekompaniyasi ma’lum qildi.
Bu qo‘llab-quvvatlov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Jenevada 18 mayda ochiladigan assambleyasi arafasida yangradi va uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar tobora ko‘paymoqda.
Yevropa davlatlari va Avstraliya Yevropa ittifoqining “koronavirus pandemiyasiga JSST tomonidan muvofiqlashtirilgan xalqaro javob choralarining xolis, mustaqil va har tomonlama baholanishi”ga chaqiruvchi taklifini qo‘llab-quvvatlashda sa’y-harakatlarini birlashtirishdi.
Bu taklifda Xitoy yoki koronavirus tarqalishi boshlangani ta’kidlab kelinadigan Uhan shahri yodga olinmagan. Biroq, Avstraliya hukumatidagi manbalarning ma’lum qilishicha, Yevropa ittifoqining taklifidagi talablar tegishlicha va batafsil tergovni ta’minlash uchun yetarlicha qat’iy bildirilgan. Ushbu bosqichda bu taklifni Xitoy ham, AQSH ham qo‘llab-quvvatlamagan.
AvstraliyaYevropa IttifoqiKoronavirus ManbalariTergov O‘tkazishJahon Sog‘liqni SaqlashXitoy Taklifi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar