
Foto: Ukraina Prezidenti axborot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin orada Ramazon va Qurbon hayitlari davlat diniy bayramlari maqomini oluvchi farmonni imzolaydi. Zelenskiy bu haqda Qrim tatarlar vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti, shuningdek, Qrim tatar xalqi qatliomi qurbonlari xotirasi kuni munosabati bilan hamdardlik bildirgan. 18 may 2015 yildan beri ushbu kun sifatida xotirlanib kelinadi.
Zelenskiy uchrashuvda Qrim tatar xalqi vakillari oliy diplomatik darajada bildirilishlari kerakligini aytgan. Shu munosabat bilan u Emina Japarova nomzodini tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlash bo‘yicha kelishib olgan.
Ukraina prezidenti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, Xerson oblastida Qrimdan ko‘chib kelgan Qrim tatarlar uchun 500 ta kvartira qurilishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Kiyevda yangi jome’ masjidi qurish rejalashtirilgan.
Ukraina PrezidentiRamazon HayitiQurbon HayitiQrim TatarlarXerson OblastiEmina Japarova O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar