date
views 2 781

JSST koronavirusdan himoyalovchi usullardan birini inson sog‘lig‘iga zararli deb atadi

JSST koronavirusdan himoyalovchi usullardan birini inson sog‘lig‘iga zararli deb atadi
Foto: Pixabay
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yopiq binolarni aerozollar bilan dezinfeksiyalash koronavirusga qarshi kurash uchun nafaqat foydasiz, balki inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tashkilot hisobotida ta’kidlanishicha, koridorlar, kabinet yoki boshqa binolarni dezinfeksiyalash ko‘zga zarar yetkazishi, nafas olish organlari va teri qoplamalarining qichishishiga olib kelishi mumkin.

«Hech qanday holatda purkash tavsiya etilmaydi. Bu inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin va virusni yuqtirgan odam tomonidan havo tomchilari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa orqali tarqalishini kamaytirmaydi», — deyiladi hujjatda.

JSST binolar ichini tozalashda dezinfeksiya vositalari bilan shimdirilgan oddiy lattadan foydalanishni tavsiya qiladi.
«Ushbu yondashuv bilan tozalash sifati kafolatlanadi, chunki hamma narsa qo‘lda amalga oshiriladi va har bir zona qayta ishlanadi», — deya ta’kidlanadi hisobotda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusdan himoyalovchi usullardan birini inson sog‘lig‘iga zararli deb atadi