25 yilga qamalgan qotil matematikani o‘rganishni boshladi va ilmiy kashfiyot qildi

1 daqiqa o'qish2.7K
25 yilga qamalgan qotil matematikani o‘rganishni boshladi va ilmiy kashfiyot qildi
Foto: «Pixabay»
Chorak asrga ozodlikdan mahrum etilgan Kristofer Xevens Vashington qamoqxonasida jazoni o‘tayapti — qotillik qilgan. Panjara ortiga tushgan Kristofer o‘zgarishga qaror qildi va boshlanishiga ilmiy ish qildi... G‘aroyib voqea haqida «Popular Mechanics» yozmoqda.

Hammasi Xevens bir kishilik kamerada o‘tirganida matematikaga qiziqib qolganidan keyin boshlandi. Biroq qamoqxonada adabiyotlar taqchil, murabbiylarni-ku aytmasayam bo‘ladi. Azbaroyi qiziqish ustunligidan Xevens «Annals of Mathematics» jurnaliga obuna qilishlarini so‘rab xat yozadi. Maktub kimyo fani doktori Marta Cherrutining qo‘liga borib tushadi.

«Qiziqqanlar shaxsiy foydalanishlari uchun «Annals of Mathematics»ga obuna bo‘lish to‘g‘risida ma’lumot qidiryapman. Vashingtondagi jazoni o‘tash muassasasida 25 yillik muddatni o‘tayapman, bu vaqtda o‘z ustimda ishlashga qaror qildim. Hisoblash va sonlar nazariyasini o‘rganyapman, sonlar bilan ishlash hayotim mazmuniga aylandi. Menga jurnalingiz haqida ma’lmuot jo‘nata olmaysizmi?», degan mazmunda yo‘llangandi xat.

Xatining yakunida Kristofer matematikani mustaqil o‘rganayotgani, ba’zida ayrim narsalarni tushunishi uchun juda ko‘p vaqt ketayotganidan shikoyat qiladi. Mahkum o‘ziga yordam bera oladigan matematiklar bilan yozishmalar olib borishga izn so‘ragandi. Uning baxtiga Marta Cherrutining otasi Umberto Turin universiteti professori, sonlar bo‘yicha nazariyachi olim edi.

Umberto mahkumni imtihon qilib ko‘rish uchun topshiriq yozib jo‘natadi. Javob ko‘p kuttirmadi, pochta orqali uzun va murakkab formula yozilgan 120 santimetrli qog‘oz keldi. Professorni hayratlantirgani yozilganlarning barchasi benuqson edi.

Shundan so‘ng Umberto mahkumni o‘zining doimiy kasrlar muammolariga bag‘ishlangan ishiga taklif etadi. Olim bilan bir yil davomida olib borilgan yozishmalar, fikrlar almashinuvi natijasida mahkum ilmiy kashfiyot muallifiga aylandi. Ilmiy ish natijalari «Researcher in Number Theory» jurnalida 2020 yilning yanvarida chop etildi.

Kristofer Xevens muallifligidagi ilmiy ishda ulkan raqamlar aproksimatsiyasining ba’zi qonuniyatlari birinchi marta isbotlab berildi. Bularning barchasiga Kristofer oddiy ruchka va qog‘oz hamda italiyalik olimlar bilan yozishmalar olib borish imkoniyati hisobiga erishdi.

Biroq Kristofer Xevens chinakam matematik sifatida to‘laqonli faoliyat yuritishni boshlash uchun uzoq kutishiga to‘g‘ri keladi — yana 16 yil qoldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?