“Anji” klubi prezidenti Osman Kadiyev Dog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq holat tobora og‘irlashib borayotganini ma’lum qildi.
- Koronavirusdan Habibning otasini davolasholmadi-yu, qolganlarni gapirmasa ham bo‘ladi. Yaqinda ayollar kurashi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Aliomarov koronavirusdan vafot edi. Bular bir umr sport bilan shug‘ullangan baquvvat odamlar. Dog‘istonda koronavirus bilan og‘rimagan birorta tanishim qolmadi, - dedi Kadiyev.
Darhaqiqat, Abdumanap Nurmagomedovning ahvoli yanada og‘irlashgani haqida ma’lumotlar bor. U yana komaga tushgan va mustaqil ravishda nafas ololmagani bois maxsus apparatga ulangan. Kuni kecha Habib Nurmagomedov 20 nafardan ziyod yaqin qarindoshi reanimatsiyaga tushgani va ular orasida vafot etganlari borligini ta’kidlab, odamlarni hushyorlikka chaqirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi