2 435
Xitoy koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi
Foto: Carlos Garcia Rawlins / Reuters
Xitoy koronavirus epidemiyasiga qarshi javob choralari ko‘rishdagi xatolarini tan oldi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Xitoy parlamenti qonunchilik yig‘ini sessiyasi ochilishida hukumat ishi bo‘yicha hisobot bilan chiqishi vaqtida ma’lum qildi.
Ketsyanning aytishicha, koronavirus tarqalishi davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatni boshqarishda ko‘plab zaif bo‘g‘inlar yuzaga chiqqan.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, ba’zi sohalarda korrupsiya va qog‘ozbozlik keng tarqalgan muammolar bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, hukumat ishi ortiqcha rasmiyatchiliklar sababli qiyinlashgan. Uning aytishicha, bir qator amaldorlar yo o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaydi, yo ularni umuman bajarishga qodir emas.
Xitoy hukumati bu muammolarga sinchkovlik bilan e’tibor qaratib, aholining turli qatlamlari vakillari fikrlari va takliflarini hisobga oladi. “Biz o‘z ishimizni yaxshilashimiz, o‘z majburiyatlarimizni bajarishimiz va xalq ishonchiga muvofiq kelish uchun barcha ishni qilishimiz lozim”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Li Ketsyan.
Ayni vaqtda bir nechta davlatlar, jumladan, AQSH Xitoyni koronavirus epidemiyasiga tegishlicha javob bermaganlikda va shu sababli uning butun dunyoga tarqalishiga sababchi bo‘lganlikda ayblab kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin